Ijtimoiy tarmoqlarda "Pastdarg`om tumaniga qarashli tibbiyot birlashmasi tug`ruqxona xodimlari o`rtasida janjal yuzaga keldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu holat 4 iyun kuni sodir bo`lgan. Tuman tibbiyot birlashmasining tug`ruqxona bo`limi xodimlari o`zaro kelishmovchilik oqibatida bir-birlarini xaqorat qilib, urishgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hodisaning barcha aybdorlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat`iy choralar ko`rilishi ta`minlanadi, deyiladi xabarda.






