AsosiyJamiyat

"Tashkent Food Festival-2022" bir oyga kechikishi ma`lum qilindi

'"Tashkent Food Festival-2022" bir oyga kechikishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Poytaxtimizda joriy yilning iyun oyida Tashkent Food Festival-2022 — Toshkent Taomlar festivali bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi. Ammo Toshkent shahar matbuot xizmati ushbu festival kechiktirilishi haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning iyul-avgust oylarida Toshkentga xorijlik sayyohlar oqimi ko`payishi kutilayotganligi sababli, mazkur festivalning o`tkazilishi bir oyga kechiktirilmoqda.

Bizni kuzatib boring va O`zbekistonning milliy taomlarini dunyoga tanitish, qadriyatlarimizni targ`ib etish orqali gastronomik turizmni rivojlantirishga qaratilgan festivalni o`tkazib yubormang. Festival bo`lib o`tadigan kunlar haqida alohida xabar beramiz, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar