Bu borada Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi boshlig`i D.Tursunova quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, har yili dunyo bo`yicha 528 000 nafar ayol bachadon bo`yi saratoni kasalligi bilan kasallanadi. Achinarlisi, 266 000 nafari mazkur kasallik oqibatida vafot etadi.
O`zbekistonda esa har yili 1660 nafar ayol bachadon bo`yni saratoni kasalligiga chalinayotgan bo`lsa, 608 nafar ayol vafot etmoqda. Bu kasallik profilaktikasi o`smir yoshdagi 9-14 yoshgacha bo`lgan qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi.
Joriy yilning may-iyun oylarida VPCh vaksina bilan milliy emlash kalendari asosida 9 yosh hamda 12-14 yoshdagi qiz bolalar o`rtasida emlash ishlari olib borilmoqda.
Vaksinalar ma`muriy hududlar davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlariga etkazib berilishi natijasida 288 ming nafar 9 yosh hamda 12-14 yoshdagi 854 ming nafar qiz o`rtasida emlash ishlari davom etmoqda.
Respublikada Virusologiya ITI, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, VPCh vaksinasi bilan emlash jarayoni amaliyotga joriy etilishi natijasida yiliga 1100 nafar ayol bachadon bo`yni raki bilan kasallanishining oldi olinadi. Qolaversa 583 nafar ayolning hayoti saqlab qolinishiga erishiladi. Yiliga ushbu vaksina bilan emlash qamrovi 90 foiz miqdorda amalga oshirilsa 2050-2060 yillarga kelib bachadon bo`yni raki kasalligi eliminasiya qilinadi.