AsosiyJamiyat

Ertaga bo`ladigan finalga fuqarolar qanday shartlar bilan kiritilishi aytildi

'Ertaga bo`ladigan finalga fuqarolar qanday shartlar bilan kiritilishi aytildi'ning rasmi

U-23 Osiyo kubogining final uchrashuviga 1 kun qoldi! O`zbekiston jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi bahsi oldidan bugun mashg`ulot ham o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabar bermoqda.

Shuningdek, poytaxt IIB ertaga bo`ladigan finalga fuqarolar qanday shartlar bilan kiritilishini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, stadionga keluvchi muxlislarning ko`pligini inobatga olib hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida musobaqani tomosha qilish uchun tomoshabinlar stadionga soat 14.00dan kiritiladi. 

"Stadionga kiradigan muxlislardan o`zlari bilan yonuvchan, kesuvchan, o`tkir tig`li buyumlarni, shuningdek elim idishlardagi (baklajka) suvlarni olib kirmasliklarini so`raymiz. Stadionga kelishda jamoat transportidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar