"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun 19 iyun kunduz kuni O`zbekistonning katta qismida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Buhoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39° atrofida saqlanib turadi.
Toshkentda ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 34-36° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.






