Rossiya davlat dumasi deputati va sobiq professional bokschi Nikolay Valuev 13 iyul kuni Rossiya televideniesining NTV kanalida ko`rsatiladigan, bolalarga mo`ljallangan “ Spokoynoy nochi, malishi!” ko`rsatuvining avgust oyida efirga uzatiladigan to`rtta sonida suratga tushganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Hozircha u ko`rsatuvlarda doimiy ravishda boshlovchilik qilishga tayyor emasligini bildirdi. Bu ko`rsatuv orqali sobiq bokschi bolalarga sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishni niyat qilgan. Ko`rsatuv Rossiya televideniesining NTV telekanali orqali namoyish etiladi.
Nikolay Valuev bolalarga mo`ljallangan ko`rsatuvda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun rus bahodirlari, sport haqidagi multfilmlar namoyish etilsa, maqsadga muvofiq bo`lishini ta`kidladi.