"O`zgidromet" 20 iyun kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini prognoz qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekund gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja,kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.






