AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev Hindiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

'Prezident Shavkat Mirziyoev Hindiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Avvalroq, Hindiston shimoli-sharqidagi Assam va Megxalaib shtatlarida suv toshqinlari yuz bergani, o`nlab odamlar qurbon bo`lgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tabiiy ofat munosabati bilan Hindiston Prezident va Bosh vaziriga maktub yozdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

“O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindistonning shimoli-sharqidagi hududlarda yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani  munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vaziri Narendra Modiga hamdardlik yo`lladi”, - deydi Asadov. 

    Boshqa yangiliklar