AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida momaqaldiroq bo`lib, yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida momaqaldiroq bo`lib, yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 20 iyun kuni uchun ob-havo ma`lumotini taqdim etdi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12  m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12  m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12  m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar