AsosiyJamiyat

Rasman! Abiturientlarni OTMga onlayn ro`yxatga olish bugundan boshlandi

'Rasman! Abiturientlarni OTMga onlayn ro`yxatga olish bugundan boshlandi'ning rasmi

Bugun, 20 iyun kuni O`zbekistonda 2022/2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish boshlandi.

Vazirlik bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun, biturientlar telefon raqamini avtorizasiyadan o`tkazib, pasport, doimiy yashash manzili va tugatgan ta`lim muassasasi bo`yicha ma`lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo`lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatini ham yuklashlari mumkin. 

Ta`lim yo`nalishlarini esa 2022-2023 o`quv yili uchun qabul parametrlarining ta`lim tillari bo`yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so`ng tanlash mumkin bo`ladi.

Ro`yxatga olish:

  • Davlat test markazining my.dtm.uz sayti;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, jarayon 20 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga ro`yxatga olish esa 10 iyulga qadar (shu kuni ham) bo`lib o`tadi.

Mavzuga doir:

OTMga qabul kvotalarini tasdiqlashga nima to`sqinlik qilyapti?

    Boshqa yangiliklar