Prezident Shavkat Mirziyoev va Konstitusiyaviy komissiya a`zolari uchrashuvida keltirilishicha, Konstitusiyada fuqarolarning uy-joyga bo`lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur.
"Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo`lgan muammo bor.
Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo`yicha konstitusiyaviy kafolatni belgilab qo`yish lozim.
Ya`ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak.
Imorat buzilishga tushadigan bo`lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensasiya to`lanishi shart.
Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko`zdan kechirish va tintuv o`tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo`l qo`yilishi Konstitusiyada qat`iy belgilanishi darkor”, - dedi davlat rahbari.






