Afg`oniston Islom Amirligi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy kecha O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus elchisi Ismatulla Irgashev hamda tashqi siyosat bo`yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi. Bu haqda The Kabul Times yozmoqda.
Ma`lum qiliniishcha, uchrashuvda Afg`oniston va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, bugungi kundagi vaziyat, tranzit va ikki davlat o`rtasidagi savdo-sotiqni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Abdulaziz Komilov ikki davlat xavfsizligining o`zaro bog`liqligini qayd etib, savdo va tranzitni yo`lga qo`yish uchun ishlarni muvofiqlashtirish zarurligini ta`kidlagan.
Abdulaziz Komilov, shuningdek, Amirxon Muttaqiyni O`zbekistonda bo`lib o`tadigan iqtisodiy anjumanda ishtirok etishga chaqirgan.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Kobulga tashrif buyurilgani uchun minnatdorchilik bildirib, Abdulaziz Komilovni yangi vazifasi bilan tabriklagan hamda Afg`oniston bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.
Muttaqiy dunyoda va mintaqada bo`layotgan o`zgarishlarni to`g`irlash va o`zgarishlardan ijobiy foydalanish vaqti kelganini aytib, Afg`oniston savdo vaziri boshchiligidagi delegasiya ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurishini aytgan.






