Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan GTL zavodida "avariya" bo`lgani, 1 kishi o`lgani va 2 kishi og`ir ahvolda qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, interne tarmog`idan olingan, zavodga aloqador bo`lmagan, feyk suratlar tarqalishi kuzatilmoqda.
Ayni damda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi GTL zavodida sintetik neft ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgani hamda asosiy mahsulot ishlab chiqarishga yakuniy sozlash ishlari odatiy tartibda davom etayotganligini rasman ma`lum qilmoqda.
Shu bilan birgalikda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi ma`lumot e`lon qilishda ularning to`g`riligini tekshirib ko`rilishi, aholi ishonchini suiiste`mol qilishdan ehtiyot bo`lishni so`ramoqda.
Qayd etilishcha, hozirda yolg`on axborotni tarqatish fakti yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilyapti.






