Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Belarusda bo`lib turibti.
Bu haqda mamlakat hukumati xabar bermoqda.
Ta`kidalnishicha, Aripov aeroportda belaruslik hamkasbi Roman Golovchenko tomonidan kutib olingan.
Tashrif avvalida vazir “Yuqori texnologiyalar parki” (YTP) biznes-inkubatoriga tashrif buyurib, uning rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishgan.
Ma`lumot uchun, bosh vazir Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining hukumatlararo kengashi yig`ilishida ishtirok etadi. Ushbu tadbir 20-21 iyun kunlari Minskda bo`lib o`tadi.






