AsosiyJamiyat

Bizning davlat televideniesida ko`p narsa yo`q, hususiy telekanallar, OAV faol ishlayapti — Shavkat Mirziyoev

'Bizning davlat televideniesida ko`p narsa yo`q, hususiy telekanallar, OAV faol ishlayapti — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Konstitusion islohotlar muhokamasiga oid yig`ilishda ishtirok etgan davlatimiz rahbari ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ham to`xtalib o`tdi:

«So`nggi yillarda, so`z erkinligi ommaviy axborot vositalari ham ancha rivojlandi. Oldin markaziy telekanallardan boshqa nima bor edi? Hech narsa. Hozir «Xalqaro press-klub», qator xususiy telekanallar, saytlar ochildi.

Shaxsan o`zim OAVda chiqqan takliflarni muntazam kuzatib boryapman. Davlat televideniesida ko`p narsa yo`q.

Xususiy OAV, telekanallar faol ishlayapti. Xalqimizning erkin fikri, yaxshi takliflarini oshkora berishyapti. Bu ham ochiqlik sari qilgan harakatlarimiz belgisi, bu islohotlarda davom etamiz».

    Boshqa yangiliklar