Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, ”B.” MChJ rahbari O`.X. “Oqtoshdon” AJdan to`g`ridan-to`g`ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 mln so`mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokasiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda etkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






