2022/2023-o`quv yili uchun umumta`lim maktablarida 1-sinfga onlayn qabul uchun ro`yxatdan o`tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya mareazi" darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin. Xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta`lim maktablari uchun mavjud.