Surxondaryo viloyati Denov tumanida 14 iyun kuni yuk ortilgan Kamaz avtomobilida yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 13:20 da Denov tumani “Bobur” MFY Shahrinav ko`chasi hududidan o`tuvchi maxalliy yo`lda Kamaz rusumli yuk avtomashinasida somon presslari yonayotganligi to`g`risida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Soat 13:32 da avtomashina o`rab olingan va 14:00 da olov to`liq o`chirilgan. Yong`indan somon presslari va Kamaz avtomobili zararlangan. Hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.
20.06.2022 19:59
Denovda yuk ortilgan Kamaz yonib ketdi






