AsosiyJamiyat

Samarqandda omborxona va do`konda yong`in sodir bo`ldi

'Samarqandda omborxona va do`konda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Samarqandda bugun, 20 iyun kuni omborxona va do`konda yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan Viloyat FVB ma`lumot berdi.

Keltirilishicha, shu kuni soat 19:25 da Samarqand shahri «Bog`isaroy» MFY Spitamin shox ko`chasi 68-uyda joylashgan 1985 yilda to`g`ilgan fuqaro S.T. ga tegishli bo`lgan «Saidabegim» oilaviy korxonasiga qarashli omborxona va savdo do`konida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida viloyat FVB xabar kelib tushgan.

Yong`in joyiga soat 19:28 da etib borilgan, soat 20:00 da qurshab olinib, yong`in soat 20:35 da bartaraf etilgan. Yong`inni bartaraf etishga FVBning 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus suv tashish texnikasi jalb etilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in natijasida omborxona va savdo do`konining taxminan 210 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va omborxona ichida paxta toylari yonib zararlangan. Yong`indan 350 kvadrat metr saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in taxminan elektr simlarining qisqa tutashuvidan sodir bo`lgan. Hozirda yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar