Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonli kuzatilishi mumkin. Havo harorati 27-32° bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-29° atrofida bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.






