1

Andijondagi xonadondan jasadi chiqqan ikki bolaning qotili topildi. U ayol kishi

Jinoyat 21.06.2022, 10:00
Andijondagi xonadondan jasadi chiqqan ikki bolaning qotili topildi. U ayol kishi

Kuni kecha Andijonda 2 nafar voyaga etmagan bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topilganligi haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Bosh Prokuratura ma`lumotlarni taqdim etdi.

Xabarda qayd etilishicha, jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat 1995 yilda tug`ilgan, Izboskan tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Aniqlanishicha, ushbu ayolning nomida bo`lgan uyda 2022 yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi) 2 nafar voyaga etmagan farzandi (o`g`li 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.

Ayol ko`rsatmasida xolavachchasi sabab oilasi buzilib ketganligi uchun yuklarini o`z uyiga olib kelmoqchi bo`lganida xolavachchasi bunga qarshilik qilganligi, unga uyni bo`shatib qo`yish haqida qo`ygan talabini ham rad qilib kelayotganligini bildirgan.

Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uning uyda yo`qligidan foydalanib hamda buvisining ko`z ko`rish va qulog`i eshitish qobiliyati pastligini bilgan holda 16 iyun kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan o`ldirib, jasadlarini uyning ayvon qismida joylashgan polning tagidagi erto`laga yashirgan.

Hozirda gumonlanuvchi ayol prosessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1