Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, Byuroning Farg`ona shahar bo`limi ish yurituviga 09.06.2022 yilda fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining qaroriga asosan “Toza hudud” DUKdan undiruvchi 35 nafar fuqarolar foydasiga jami 77.739.521 so`m ish haqi undirish haqida ijro hujjatlari kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Toza hudud” DUKning rahbari va bosh hisobchisi ijro hujjati bilan tanishtirilib, qarzdorlikni o`z vaqtida bartaraf etishligi haqida ogohlantirilgan, shuningdek, qarzdorning hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo`yilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Lacetti rusumli va Lada Vesta rusumli avtotransport vositalari xatlangan va ijro harakatlari davrida fuqarolar foydasiga jami 58.244.079 so`m ish haqi undirildi.
21.06.2022 10:31
Farg`onadagi korxona rahbari xodimlarga o`z vaqtida maosh to`lamaganligi uchun 2 ta avtomashina va 58 mln. so`mdan ayrildi - MIB






