IIVning ma`lum qilishicha, joriy yilning 18 iyun kuni Zangiota tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori V.Abdullaev yo`l harakati qoidasini buzib harakatlanib kelayotgan velosipedchini to`xtatadi. Velosipedni mast holda boshqarayotganligi aniqlangan fuqaroning tegishli ma`lumotlari planshet bazasiga kirgizilganda ushbu shaxs 1983 yilda tug`ilgan Andijon viloyatida yashagan fuqaro S.X. ekanligi va O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (Ko`p miqdorda o`g`rilik) bilan ayblanib, Andijon viloyati IIB tomonidan 2018 yilning 4 iyul kuni qidiruv e`lon qilinganligi aniqlandi.
Qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi "Qamoq" bo`lganligi uchun fuqaro Zangiota tumani IIBga joylashtirildi, deyiladi xabarda.






