Hozirgina "Farg`onada fuqarolar o`rtasida katta janjal ko`tarildi. Itga talanganlar va toshbo`ron qilinganlar bor..." sarlavhasi ostida xabar bergan edik.
Farg`ona viloyati IIB darakchi.uz'ga xabar berishicha, holat o`rganib chiqildi.
Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 13 may kuni Farg`ona shahar A.Jomiy ko`chasi 16 uy 27-xonadonda yashovchi fuqaro M.A Farg`ona viloyati IIB 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, unga tanish bo`lgan F. va U. ismli fuqarolar uni urganligini aytib, qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.
Tergovga qadar tekshirish davomida fuqaro M.A o`zining “Alabay” itini ushbu ko`p qavatli uyning birinchi qavati orqa tarafiga boylab qo`yganligi sababli, Farg`ona shahar Ozodlik ko`chasi 27-uyda yashovchi, fuqaro S.S unga e`tiroz bildirilganligi uchun o`rtada nizo kelib, janjalga aylangan va fuqaro S.S fuqaro M.Ani so`kib, urib tan jarohati etkazgan.
Ushbu ko`p qavatli uyda yashovchi fuqarolar M.A va S.S ning o`rtasidagi janjalni tinchlantirishga harakat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan M.A ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi va 41 moddalari bilan, fuqaro I.Rga nisbatan ushbu kodeksning 41-modda va 183-moddalari bilan, fuqaro S.Sga 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi hamda 183-moddasi bilan, fuqaro F.S ga nisbatan esa 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirib, 24.05.2022 yil kuni JIB Farg`ona shahar sudiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan JIB Farg`ona shahar sudi tomonidan fuqaro M.A murojaatiga asosan hujjatlar o`rganib chiqishlik uchun Farg`ona shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.






