AsosiyJamiyat

Kechagi jala Bo`ka tumanida suv toshqinini keltirib chiqardi

'Kechagi jala Bo`ka tumanida suv toshqinini keltirib chiqardi'ning rasmi

Kecha Toshkent viloyatida kuzatilgan kuchli yomg`ir va shamol ko`plab bino va inshotlarga, ekin maydonlariga zarar etkazdi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Jumladan, Bo`ka tumanida yomg`ir va oqova suvlar tumanning magistral  ko`chasidan o`tuvchi avtomobillar qatnov qismi atrofdagi aholi xonadonlarida suv toshqinini hosil qildi.

Yuzaga kelgan holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida viloyat favqulotda vaziyatlar, irrigasiya tizimlari xodimlari va tuman hokimligi mutasaddilari, shuningdek, maxsus texnikalar jalb etildi.

Viloyat hokimi va sektor rahbarlari tomonidan mavjud vaziyat darhol ko`zdan kechirilib, qat`iy nazorat o`rnatildi. Ishchi-guruh tomoniidan "Qo`ldoshtepa", S.Saymoqov, "Xo`jaqo`rg`on", "Bunyodkor", "Toshloq", MFYlari hamda markaziy ko`cha hududlari tuni bilan suv va loydan tozalandi.

    Boshqa yangiliklar