AsosiyJamiyat

Yomg`irli ob-havo davom etadi...

'Yomg`irli ob-havo davom etadi...'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi, shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 29-31° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar