AsosiyJamiyat

"O`zbekgidroenergo" AJ To`palangdagi suv toshqini yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko`ra...

'"O`zbekgidroenergo" AJ To`palangdagi suv toshqini yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko`ra...'ning rasmi

Sal avval Surxondaryodagi To`palang suv omborining suv qo`yib yuborgani, bu holatdan vahimaga tushgan aholi u erni tark etayotganligi va FVVning bu boradagi dastlabki ma`lumotlarini taqdim etgan edik.

Ayni paytda “O`zbekgidroenergo” AJ holat yuzasidan o`z munosabatini bildirdi.

Aytilishicha, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan “To`palang suv ombori” to`g`oni suv qo`yib yuborgani va atrofni suv bosganligi to`g`risidagi xabarlar asosga ega emas. 

Shuningdek, “O`zbekgidroenergo” AJ mazkur voqea yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

Hozirda To`palang suv ombori qoshida barpo etilgan To`palang GESda 2-komponent modernizasiya loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o`tkazilgan vaqtda bosim quvuri to`sini orqali 40 m3 suv chiqqan.

To`g`on bilan bog`liq muammo mavjud emas. Xavotirga o`rin yo`q!

Ayni paytda ushbu nosozlik to`liq bartaraf etildi. 40 m3 suv to`liqligicha kanalga yo`naltirildi.

Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so`raymiz, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar