Ma`lum qilinishicha, "O`zgidromet"ning o`rta muddatli ob-havo prognozlariga ko`ra, avvaliga 24-25 iyun kunlari Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo harorati maksimumlari +42 daraja, keyinroq 26 iyun kuni esa respublikaning boshqa viloyatlarida issiq jazirama havo to`lqini (tog`lardan tashqari) kamida +39 daraja issiqlikni taqdim etadi.
Bu issiq havo to`lqini past bosimli havo sektorining bir qismi bo`lib, u Turkmanistondan kirib keladi. Turkmanistonning 3 viloyatida 25 iyun kuni maksimal havo harorati +45 darajagacha qiziydi, deyiladi xabarda.






