AsosiyJamiyat

To`palang suv omboridagi toshqin xonadonlar va korxonalar uchun hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi - Hokimlik

'To`palang suv omboridagi toshqin xonadonlar va korxonalar uchun hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi - Hokimlik'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 22 iyunda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan “To`polang suv ombori” to`g`oni suv qo`yib yubordi.

Holat bo`yicha Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

“To`polang suv ombori”da 378 mln. m3 suv hajmi mavjud bo`lib, suv omborining suv chiqarish inshooti orqali daryoga 120 m3/sek. miqdorida suv chiqarilayotgan edi.

Modernizasiya loyihasi doirasida sinov ishlari olib borilayotgan bosimli suv quvuri to`sini shikastlanib, qo`shimcha 40 m3/sek. atrofida suv miqdori GES binosi orqali chiqqan. (Barcha kuchlar safarbar qilinib, ayni vaqtda muammo bartaraf etilmoqda). Natijada umumiy suv sarfi 160 m3/sek. ga ko`tarilgan hamda To`polang daryosiga yo`naltirilgan. E`tiborga molik jihati, ushbu holatda To`polang suv ombori to`g`oni bilan bog`liq biror-bir muammo kuzatilmagan.

Ta`kidlash joizki, 160 m3/sek. suv sarfi miqdori To`polang daryosi o`zani uchun mutlaqo xavfsiz hisoblanib (daryoning suv o`tkazish qobiliyati 600 m3/sek.), pastki qismda yashovchi aholi xonadonlari va korxonalar uchun hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Ushbu voqea natijasida shikastlanganlar va jabr ko`rganlar mavjud emas. Vaziyat to`liq nazorat ostida.

Yurtdoshlarimizdan, ayniqsa, Sariosiyo tumani aholisidan mutaxassislar tomonidan bildirilgan asosli fikr-mulohazalarga to`liq ishonch bildirishni hamda ortiqcha vahimaga berilmaslikni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar