AsosiyJamiyat

23 iyun kuni Toshkentning ikkita tumani 13 soatga elektr tokidan uziladi

'23 iyun kuni Toshkentning ikkita tumani 13 soatga elektr tokidan uziladi'ning rasmi

Ertaga, 23 iyun kuni Yashnobod hamda Mirzo Ulug`bek tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Toshkent shahar ETK" AJ matbuot  xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 23 iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan PS 110/35/6 kVli «Vodil» va «Parkent» podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi L-Vodil-1, L-Vodil-2 110 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog`ida yangi tayanch ustunlarni o`rnatish ishlari olib boriladi.

Ushbu ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

YaShNOBOD tumanidagi - «Texnopark» MChJ, «Shampan-vino» zavodi, «Kalisto» XF, ATS-169, «Parkent» bozori, «Al-Xorazmiy» maktabi, O`zdonmahsulot MChJ Doka-xleb, Kotelnaya ToshmI, Tuzel-1 Nasosnaya, Ko`r-soqovlar maktab-internati, Tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diagnostika markazi, Botkina ko`chasida joylashgan ishlab chiqarish ob`ektlari, Eron Respublikasi elchixonasi, TashkECh, 510-, 359-, 529- hamda 149-sonli MTM, shuningdek, «Makro», «Texnopark» va «Korzinka» savdo markazlari;

– «Riyoziy» mavzesi, M. Ulug`bek, Oltintepa, S. Mashxadiy ko`chalari, 22-sonli Harbiylar shaharchasi, S. Rozina, Parkent - 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor ko`chalari, «Tashselmash» mavzesi, Chizelniy mavzesi, Tuzel-1 dahasi hamda ko`chalari;

- «Do`stlik» MFY, «Mashinasozlar» MFY, «Do`stobod» MFY, «Boyqo`rg`on» MFY, «Umid» MFY, «Cho`lpon» MFY, «Istiqlol» MFY,  «Fidoyilar» MFY, «Semurug`» MFY hamda «A. Temur» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub`ektlari.

MIRZO ULUG`BEK tumanidagi – Shifokorlar malakasini oshirish instituti yotoqxonasi, «Parkent» mavzesi, Quduqboshi, Oltintepa, Asaka, Bo`zbozor, Xirmontepa ko`chalari hamda 493-, 456-, 410- 597-sonli MTM va 148-sonli maktab, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari.

«Turon» MFY, «Olmachi» MFY, «Yangi olmachi» MFY, «Asaka» MFY, «Podshobog`» MFY, «Oltintepa» MFY hamda «Katta Oltintepa» MFYlarida elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o`chiriladi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`ramoqda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar