Joriy yilning 21 iyun kuni soat 17:30 larda Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Jizzax viloyati G`allaorol tumani hududidan o`tuvchi 1013-kilometrida harakatlanib ketayotgan "DAF" rusumli yuk avtomashinasi yo`lning tik nishablik qismidan tushishda tormoz tizimi ishdan chiqib qolgan. Bu haqda Jizzax FVB xabar bermoqda.
Oqibatda oldindagi "Gaz-53" va “Isuzu” rusumli yuk avtomashinalariga urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada “Isuzu” haydovchisi avtomobil salonida qisilib qolgan.
Darhol voqea joyiga etib kelgan viloyat FVB yong`in-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan maxsus uskunalar yordamida haydovchi qutqarilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.






