AsosiyDunyo

Maymun chechagi Evropani egallab olmoqda

'Maymun chechagi Evropani egallab olmoqda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga tayanib Zamon.uz'ning yozishicha, Evropaning 28 ta mamlakatida 2000 dan ortiq bemor uni yuqtirib olgan.

Ma`lum bo`lishicha, hozirgi kungacha qit`aning barcha hududida o`sish tendensiyasi kuzatilyapti. Ayniqsa, London, Madrid va Lissabon shaharlarida epidemiologik vaziyat ancha yomonlashgan. Kasallik Berlin va Parij shaharlari hamda Belgiya, Niderlandiya va Italiya mamlakatlarida ham avj olgan. Ispaniya so`nggi kunlarda 700ga yaqin ko`rsatkich bilan Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, eng ko`p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi. Hozir kasallikdan asosan Madrid shahri aholisi aziyat chekyapti. Bu erda 510 kishiga mazkur xastalik tashxisi qo`yilgan.

Lotin Amerikasida esa 18 ta holat tasdiqlangan: Braziliyada sakkizta, Meksikada beshta, Argentinada uchta, Venesuela va Chilida bittadan.  so`nggi kunlarda Janubiy Koreyada ikki nafar, Singapurda bir nafar bemor maymun chechagini yuqtirganlikda gumonlanyapti. 

Buyuk Britaniyada faoliyat olib boruvchi molekulyar virusologiya bo`yicha professor Karlos Maluker de Motesning so`zlariga ko`ra, bu epidemiyaga chek qo`yish juda qiyin kechadi. Chunki virus allaqachon ko`plab mamlakatlarga tarqalib ulgurdi.

Biroq bunday sharoitda xastalikni aniqlash, kuzatish va nazorat qilish tizimlari talab darajasida emas. Boz ustiga, infeksiyani yuqtirganlar tibbiyot muassasalariga kech murojaat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar