AsosiyJamiyat

O`zbekiston Konstitusiyasiga o`zgartirish kiritish borasidagi qonun loyihasi quyi palataga kiritildi (video)

'O`zbekiston Konstitusiyasiga o`zgartirish kiritish borasidagi qonun loyihasi quyi palataga kiritildi (video)'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari qo`mitalarining yig`ilishi yakuni bo`yicha brifing bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi hamda Konunchilik palatasi deputatlari tomonidan konunchilik tashabbusi huquqi asosida quyi palataga kiritildi.

Ta`kidlanishicha, qonun loyihasi Konstitusiyaning 60 dan ortiq moddalariga 170 dan ortik tuzatishlarni nazarda tutmokda. Konstitusiyaga o`zgartishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bo`lib, amaldagi Konstitusiyaning barcha bo`limlariga tub o`zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

Ma`lum qilinishicha, Konstitusiyaga tuzatishlar avvalambor Konstitusiya normalarini to`g`ridan to`g`ri qo`llash, inson huquqlari, erkinliklari va konuniy manfaatlarini yanada samarali ta`minlash va ximoya kilishni nazarda tutadi.

Yakunlar bo`yicha Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan konun loyihasini Qonunchilik palatasi ko`rib chiqishi uchun qabul qilinishi mumkinligi to`g`risida qaror kabul qilindi. Endilikda Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining, manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikr va takliflari olinadi. Ularni hisobga olgan holda qonun loyihasining dastlabki muhokamasi o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Konstitusiyaviy konun loyixasi parlament quyi palatasi yalpi majlisida konseptual jihatdan ko`rib chiqilgandan keyin, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga chiqarish haqidagi takliflar tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar