AsosiyJamiyat

"Samarqand tumani meni bezovta qilyapti" — Erkinjon Turdimov

'"Samarqand tumani meni bezovta qilyapti" —  Erkinjon Turdimov'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, viloyat hokimligi ishchi guruhi tuman markazida bo`lib, obodonlashtirish bilan bog`liq holatlarni o`rganib chiqdi. Unda hududda joylashgan ziyoratgohda ikkita favvora yaroqsiz holatga kelib qolgani, o`tlar bilan to`lganligi hamda Obodonlashtirish xodimlarining anjomlarini saqlovi joyga aylangani ayon bo`lgan. Ariqlar tozalanmagan, bu ham etmaganidek ularning bir qismi g`isht telib yopib qo`yilgan. Yomg`ir vaqtida ko`cha suvlari chiqishining iloji yo`q, savdo do`konlari egalari piyodalar yo`lakchalarini egallab olishgan, yurishga sharoit yo`q. Chiqindi qutilari axlatga to`lib, erga to`kilib yotmoqda. Reklama to`g`risidagi qonun shahardagi ko`cha uchun begona. Yirik supermarket barpo qilingan bo`lsada, ayrim mahsulotlar ko`chaga chiqarilgan holda savdo amalga oshirilgani aytiladi.

Shu bois viloyat hokimi Samarqand tumanidagi sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda yuqorida keltirilgan qator masalalar muhokama etildi. 

"Samarqand tumani meni juda bezovta qilyapti. Tumanda yaqinda saylov bo`lib o`tdi. Mahalla raislari saylandi. Qani natija?",-deydi Erkinjon Turdimov.

Viloyat rahbari ta`kidlaganidek, bugungi kunda "Gulobod massivi sekin-asta tikanzorlar markaziga aylanib bormoqda. Hududdagi chiqindilarni yig`ishtirib olishga mas`ul korxona Obodonlashtirish boshqarmasining harakatlari sezilmayati.

"Tuman markazi mana shunday bo`lsa, uning boshqa joylari haqida nima deyish mumkin. Hech bo`lmasa birorta mahalla raisi o`z hududiga olib borib mahallasi obodligini ko`rsata oladimi? Nima uchun kimdur kamchiliklarni ko`rsatishni kutishi kerak? Har kuni, har soatda ularni tuzatish ustida ishlash kerak",-deydi hokim.

    Boshqa yangiliklar