2022 yilda ta`lim muassasalarini tugatayotgan akademik lisey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari to`lovlarni amalga oshirmaydi.
Ma`lum qilinishicha, bundan tashqari oldingi yillar bitiruvchisi bo`lsa ham ma`lum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun to`lovdan ozod qilinadi. Ular nogironligi bo`lgan, to`liq davlat ta`minotidagi, ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham test sinovlari uchun to`lov qilmaydi.
Eslatib o`tamiz, to`lov bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari, ya`ni 150 ming so`mni tashkil etadi.