AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" harorat keskin ko`tarilib ketishi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi

'"O`zgidromet" harorat keskin ko`tarilib ketishi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati harorat ko`tarilishi haqida shoshilich axborot e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 25-29 iyun kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati kuzatiladi. Unga ko`ra:

- 25-28 iyunda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida 42-44° gacha;

- 25-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45° gacha;

- 26-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida 40-42° gacha ko`tariladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar