AsosiyJamiyat

Fransuz avtomobillari "UzChasys" o`zbek faralari bilan jihozlanadi

'Fransuz avtomobillari "UzChasys" o`zbek faralari bilan jihozlanadi'ning rasmi

“O`zavtosanoat” AJ tuzilmaviy korxonasi Namanganda avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi “UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qarashli Peugeot Partner avtomobillariga faralar etkazib berishni boshladi. 

Shunday qilib, kompaniya o`z mahsulotlarini etkazib berish geografiyasini endilikda Fransiya bilan kengaytirdi. Kuni kecha 23 iyun kuni avtomobil faralarining birinchi partiyasi Fransiyaga yuborildi. 

Ta`kidlash joizki, 2021 yil davomida kompaniya umumiy daromadlarining qariyb uchdan bir qismi eksportga to`g`ri kelgan, bu esa qariyb 8,5 million dollarni tashkil etadi.

“UzChasys” MChJ QK – Markaziy Osiyodagi avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona hisoblanadi. U Uzauto Motors (O`zbekiston), Renault-Avtovaz (Rossiya) va PCMA Rus (Rossiya) konveerlariga mahsulot etkazib beradi. Korxona Chevrolet, Lada, Niva vatPeugeot brendlari uchun faralar ishlab chiqaradi.

Stellantis – 2021-yilda Fiat Chrysler Automobiles PSA Group'ni birlashishi natijasida yaratilgan global xolding kompaniyasi hisoblanadi. U Fiat, Chrysler, Peugeot, Citroen, Opel, Jeep, Maserati, Alfa Romeo va boshqa bir qancha brendlarga egalik qiladi.

    Boshqa yangiliklar