Bugun, 24 iyun kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida g`alla ortilgan yuk avtomashinasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 15:18 da Ishtixon tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 52-kilometrida “Gaz-52” rusumli transport vositasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va soat 15:32 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida avtomashina oldi qisman yonib zararlangan. Shuningdek, uning yukxonasida bo`lgan taxminan 3 tonna g`alla yong`indan saqlab qolingan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
24.06.2022 18:45
Samarqandda g`alla ortilgan avtomashina yonib ketdi






