Bugun O`zbekistonning tekislik hududlari bo`yicha biroz issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ko`pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39° ga etadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 40-42° gacha bo`ladi.
Ertadan boshlab O`zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga havo harorati kechasi 21-24°, kunduzi 36-39° atrofida, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 42-44° gacha bo`ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26° gacha, kunduzi 38-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 43-45° gacha ko`tariladi.
Ayrim tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






