AsosiyJamiyat

O`zbekistonda TikTok blokdan chiqariladi

'O`zbekistonda TikTok blokdan chiqariladi'ning rasmi

Vazirlik bu bo`yicha ishlar boshlanganini ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri 

Ijtimoiy tarmoqlarda Twitter, TikTok va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish bo`yicha cheklovlar tez orada olib tashlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu bo`yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov izoh berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, mazkur ijtimoiy tarmoqlar haqiqatdan ham blokdan chiqariladi, biroq aynan qaysi kuni taqiq olib tashlanishi noma`lum. 
“Shaxsga doir ma`lumotlar sub`ektlari huquqlarini buzuvchilar reestriga kiritilgan xizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqariladi, faqat qachonligi aniq emas, bugunmi, ertagami yoki boshqa vaqtmi... Hozir Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangani bo`yicha ishlar olib borilmoqda, kompaniyalar bilan kelishuvlarga erishishga harakat qilinyapti, ammo oxirgi “etap”ga etib kelmadik. Aynan qaysi sanada blokdan chiqarilishi bo`yicha hozir biron narsa deya olmaymiz. Ammo haqiqatdan ham ishlar olib borilyapti”, — deydi Sherzod Ahmatov.
Eslatib o`tamiz, 2021 yilning 2 iyul kuni O`zbekistonda Skype, Twitter, TikTok va Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish cheklangandi.

 

    Boshqa yangiliklar