1

Andijonda Qirg`izistonga 1 mln. AQSh dollarini noqonuniy olib chiqib ketayotgan erkak ushlandi

Jamiyat 25.06.2022, 09:49
Andijonda Qirg`izistonga 1 mln. AQSh dollarini noqonuniy olib chiqib ketayotgan erkak ushlandi

DXX Chegara qo`shinlari 1 mln. AQSh dollarining noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo`ydi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o`tuvchi “o`zbek-qirg`iz” davlat chegarasi hududida xizmat o`tayotgan DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valyutani mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo`ydi.

Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo`lgan 1 mln. AQSh dollarini Qirg`iziston Respublikasiga noqonuniy o`tkazmoqchi bo`lgan vaqtida qo`lga olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1