1

“Qanot Sharq” Samarqand-Moskva-Samarqand yo`nalishida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`ydi

Jamiyat 25.06.2022, 10:21
“Qanot Sharq”  Samarqand-Moskva-Samarqand yo`nalishida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`ydi

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand-Moskva-Samarqand yo`nalishida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Samarqand xalqaro aeroportida aviakompaniyaning mazkur yo`nalishda amalga oshirilgan birinchi qatnoviga xizmat ko`rsatildi. Bahor-yoz mavsumi rejasi doirasida aviakompaniya Toshkentdan Samarqand orqali Moskva (Vnukova) va Sankt-Peterburg shaharlariga aviaqatnovlarini bajaradi.

Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga parvozlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da amalga oshiriladi. Toshkentga parvozlar juma kunlari soat 00:45 da bajariladi.

Samarqand shahridan xalqaro yo`nalishlarda yangi qatnovlarning yo`lga qo`yilishi munosabati bilan mahalliy yo`nalishlarda ham qo`shimcha qatnovlar tashkil etishga erishildi.

Shuningdek, yaqin orada aviakompaniya tomonidan Toshkent–Buxoro, Toshkent–Farg`ona, Toshkent–Namangan kabi mahalliy yo`nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.

 
 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1