Bugun xonanda Shohruhxon o`zining yangi “Yomg`ir” taronasini muxlislar hukmiga havola etadi.
FM radioto`lqinlari orqali premerasi kutilayotgan yangi tarona O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqov repertuaridan olingan.
“Ustoz san`atkor Tohir Sodiqovning qo`shiqlarini yoshligimdan sevib tinglaganman. Ayniqsa “Yomg`ir” kompozisiyasi menga juda yoqardi. Aynan shu qo`shiqni qayta ijro etishga qaror qildim”, deb yozadi Shohruhxon.





