1

2022 yil Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida 150 nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keldi — SSV

Jamiyat 25.06.2022, 14:54
2022 yil Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida 150 nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keldi — SSV

Koronavirus shtammlari ko`payib borayotgan bugungi kunda kasallik homilador ayollar va yosh bolalarni ham chetlab o`tmayapti. Ayniqsa, so`nggi vaqtlarda ular orasida bu xastalikka chalinayotganlar ko`pchilikni tashkil etmoqda.

Xo`sh, yurtimizda epedimiologik vaziyat qanday? Xususan, ayni paytda Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida qancha bemor bola va homilador ayol davolanmoqda? SSV Matbuot xizmatining ushbu savollariga muassasa  direktori Anvar Husanov javob berdi.

— Bilamizki, koronavirus o`ta yuqumli xastalik bo`lib, boshqalarga qaraganda homilador ayollar uni yuqtirishga ancha moyil, — deydi shifokor. — Sababi bo`lajak onalarda homiladorlik tufayli immunitet pasayib ketadi. Qolaversa, ushbu infeksiya bolalarni ham tez-tez zararlaydi.

Xususan, hozirgi kunda shifoxonamizda davolanayotgan bemorlarning 155 nafarini bolalar hamda 23 nafarini chaqaloqlar tashkil etadi. Jonlantirish bo`limida 4 nafar bola shifokor va hamshiralar nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.

Shuningdek, muassasada 170 nafar homilador ayol davolanyapti. E`tiborlisi, joriy yil boshidan buyon shifoxonamizda 147 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ushbu muassasada 442 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1