1

Toshkentda terroristik materiallarni internetda tarqatgan erkak qamaldi

Jinoyat 25.06.2022, 16:56
Toshkentda terroristik materiallarni internetda tarqatgan erkak qamaldi

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi va DXX shahar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda terrorchilik tashkiloti g`oyalarini targ`ib qiluvchi erkak ushlandi.

Aniqlanishicha, 1990 yilda tug`ilgan T.M. «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti g`oyalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Telegram’da kanal ochib, virtual diniy jamoat tashkil etgan. Taqiqlangan g`oyalarni targ`ib qiluvchi mazkur kanalga tanishlari — 1990 yilda tug`ilgan A.D., 1991 yilda tug`ilgan N.J., 1990 yilda tug`ilgan N.A., 1982 yilda tug`ilgan Sh.N.ni jalb qilib, kanal obunachilarini yanada ko`paytirishga harakat qilgan.

T.M. Telegram kanalida terrorchilik tashkilotining aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan fayllarni xamda boshqa respublika hududida taqiqlangan diniy mazmundagi ma`ruzalarni tarqatib, tashkilotga a`zo bo`lishni da`vat qilib kelgani aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2441-moddasiga (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslarning barchasiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1