AsosiyJamiyat

Qashqadaryo 18 yoshli qiz o`z joniga qasd qilgani tasdiqlandi

'Qashqadaryo 18 yoshli qiz o`z joniga qasd qilgani tasdiqlandi'ning rasmi

Biroz avval, Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida 18 yoshli qiz pichoqlangani haqida xabar bergan edik. 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, dastlabki surishtirular o`tkazilgan. Unda fuqaro M.D. oshxona pichog`ini o`zining qorin bo`shlig`iga bir marotaba sanchib olgani aniqlangan. Shuningdek, u Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy-amaliy markazining Qashqadaryo filiali jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Qo`shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan G`uzor tuman ichki ishlar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar