AsosiyJamiyat

Andijonda tadbirkor MIB xodimini yoqib yuborishga uringani aytildi

'Andijonda tadbirkor MIB xodimini yoqib yuborishga uringani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Xonobod tumanida tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, uni yoqib yuborishga uringani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi. 
Aniqlanishicha, tadbirkorga nisbatan Qo`rg`ontepa tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021 yilda kredit qarzdorligi va davlat bojini undirish to`g`risida qaropr chiqarilgan. Shunga asosan ijro harakatlarini olib borish maqsadida joriy yilning 14 iyun kuni  Xonobod shahar “Shifobaxsh” ko`chasida joylashgan shifoxona binosiga kelgan MIB Xonobod shahar bo`limi boshlig`i A. I. va bank xodimlariga nisbatan fuqarolar Yu. M. va S. M. lar qo`pol munosabatda bo`lib, fuqarolarni tinchini buzib, janjal ko`tarib, bezorilik harakatlarini sodir etgan. 
Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar Yu. M. va S. M larga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar