“Manchester Yunayted” jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning Londonda joylashgan 25 million funt sterlingga teng uyiga o`g`ri tushishga urindi. Bu haqda The Sun nashri ma`lum qilmoqda.
Mourinoning xizmatkori kiyimlarni dazmol qilish bilan shug`ullanganida oynadam noma`lum qimsa uy ichiga kirishga uringanini ko`rib qoldi va beixtiyor “Bu erda nimalar qilyapsan” deb baqirib yubordi. Portugaliyalik mutaxassis va uning turmush o`rtog`i voqea yuz bergan vaqtda uy ichida bo`lgan.
O`g`rilikka uringan shaxs qochib ketishga harakat qildi, ammo qo`riqchi uning yo`lini to`sib, qo`lga oldi. Shundan so`ng 8 kishidan iborat polisiya guruhi qoidabuzarni hibsga oldi. Qo`lga oligan kimsaning shaxsi aniqlandi. U Sharqiy evropalik 25 yoshli Gabor Roman bo`lib chiqdi.