AsosiyJamiyat

Shamol, chang-to`zon, qisqa muddatli yomg`ir... Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilayotgani ma`lum qilindi

'Shamol, chang-to`zon, qisqa muddatli yomg`ir...   Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi.  

Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 37-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha ko`tariladi.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 38-40° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar