1

Farg`onada defektologning singlisi 3 yoshli bolani kaltakladi

Jamiyat 27.06.2022, 07:49
Farg`onada defektologning singlisi 3 yoshli bolani kaltakladi

Bola ko`p yig`lab yuborganidan asabiylashgan ayol bu ishni sodir qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Qo`qonda 39-son ixtisoslashgan logoped bog`chada nogiron bola bog`cha opa tomonidan muntazab kaltaklanib kelingani aytilmoqda” sarlavhali xabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyun kuni viloyat IIB “102” qisqa raqamiga Qo`qon shahrida istiqomat qiluvchi E.M (ayol) murojaat qilib, shaharning O`rdatagi ko`chasida joylashgan bolalar bog`chasida tarbiyachi uning farzandini urib, tan jarohati etkazganligi haqidagi xabar kelib tushgan. 

Mazkur holat yuzasidan olib borilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqoridagi holat  maktabgacha ta`lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir bo`lganligi anqilangan.  

Ko`rsatilgan manzildagi xonadonda A.G` (ayol) kasbi  defektolog bo`lgan opasi  D.A ga  yordamchi sifatida qarashib turishishligini, joriy yilning 17 iyun kuni bolalardan biri, voyaga etmagan A.A (suratdagi bola) ko`p yig`lab yuboroganligi sababli asabiylashib, uni yuziga qo`li bilan urib yuborganligini bildirgan. 

O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida voyaga etmagan A.A ga ko`p davom etmaydigan engil tan jarohati etkazilganligi ko`rsatilgan.  

"Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.G` ga nisbatan Qo`qon shahar IIB tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning   52-moddasi (engil tan jarohati etkazish) 2-qismi bilan ma`muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 25.06.2022 yil kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudiga yuborilgan",-deyiladi xabarda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1